13:58 / 02.09.2018
4 852

Futbolni biznesga aylantirgan qashqadaryolik firibgar qoʻlga olindi

Futbolni biznesga aylantirgan qashqadaryolik firibgar qoʻlga olindi
A. D. ismli ustamon odamlarni qiziqtirgan holda yirik futbol oʻyinlariga pul tikishga chaqirardi. Shubhasiz, bunday ishqibozlar toʻlib yotibdi. Qiziquvchilardan pullarni olib oʻyinga tikaverishgan. Firibgar har bir yutuq egasining pulidan oʻn foizini olib qoʻygan.

Oxiri mazkur voqealar shunday tugadiki, futbol uchrashuvlarini deb 12 ming dollar pulini yoʻqotgan yigit yana oʻynashda davom etdi. Nihoyat u 9,6 ming dollar pulini qaytarib yutib oldi. Keyin esa qolgan pullar qaytarilishini talab qildi.

Mijoz yutuqning qolganini qaytarishini talab qilavergach, A.D. uni shantaj qilish, agar bas qilmasa, oʻldirib yuborishni aytib qoʻrqitgan. Pulini qaytarib ololmasligiga aqli yeta boshlagan va aldanganiga ishongan yigit militsiyaga murojaat etdi. A. D. qisqa muddatda qoʻlga olindi. Uni boshqa bir oʻsmirning qoʻlidan 1,5 ming dollar pulni qabul qilayotgan payt qoʻlga tutishdi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Futbolni biznesga aylantirgan qashqadaryolik firibgar qoʻlga olindi