5 518
Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabr kuni Qirgʻizistonga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida oʻtadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyevning sentyabr oyidagi safarlari shu bilan yakunlanmaydi. Prezident 27-28 sentyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti ishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda.
Qisqa muddat ichida, yaʼni 2 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonga joʻnab ketadi. Soʻngra, 9-10 oktyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etadi.
Toshkent 5 sentyabr kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. 13-14 sentyabr kunlari esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga keladi. Oktyabr oyida davlat tashrifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Toshkentda boʻlishi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi belgilangan.
Amalga oshirilgan tashriflar ichida Qozogʻistonga 6 marta borgan Shavkat Mirziyoyev shu paytgacha Rossiyaga 4 marta tashrif buyurgan. Shuningdek, Turkmanistonga ham 4 marta tashrif amalga oshirilgan, bundan tashqari AQSH va Xitoy davlatlariga ikki martadan borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?