13:55 / 04.09.2018
5 415

Oʻzini “ichki ishlar organi mayori” deb tanishtirib yurgan soxta xodim qoʻlga olindi

Oʻzini “ichki ishlar organi mayori” deb tanishtirib yurgan soxta xodim qoʻlga olindi
Surxondaryo viloyat IIB Oʻz xavfsizligi boʻlimi oʻzini ichki ishlar organi xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan noqonuniy pul tama qilib yurgan U.M. ustidan kelib tushgan maʼlumotga asosan, uni qoʻlga olish boʻyicha viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda keng qamrovli tezkor tadbir oʻtkazdi, deb xabar beradi Kun.uzʻga viloyat IIB matbuot xizmati.

2 avgust kuni Surxondaryo viloyat IIB Oʻz xavfsizligi boʻlimiga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, shu kuni soat 10:00 larda Termiz shahri “Pattakesar” mahallasida yashovchi, fuqaro K.B.ning Termiz shaharida joylashgan sartaroshxonasiga fuqarolik kiyimidagi shaxs kelib, oʻzini Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi, mayor “Oybek” deb tanishtirib, undan tezkor tadbirda ishtirok etishini va tadbirda qoʻlida boʻlgan tilla uzugini ashyoviy dalil sifatida foydalanish uchun berishini taklif qiladi va fuqaro K.B. bilan Termiz shahrida joylashgan “SUM” savdo markaziga kelib, K.B.ga eshik oldida kutib turishini aytib, tilla uzugini “SUM”dagi zargarlardan biriga sotib, fuqaro K.B.ga tadbir qoldirilganligi va ertasi kuni davom ettirilishini aytib, sotgan tilla uzugining pullarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib ketgan.

Shu kunning oʻzida Termiz shahar “Maʼrifat” mahallasida yashovchi fuqaro X.M.ga tegishli savdo doʻkoniga fuqarolik kiyimida boʻlgan shaxs kelib, oʻzini viloyat IIB JQB xodimi “Oybek” deb tanishtirganida fuqaro X.M. undan qoʻshnisi tomonidan uyining yoniga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasini boshqa tomonga qaratib qoʻydirishni iltimos qiladi. “Oybek” ismli IIB xodimi undan Termiz shahar IIB boshligʻi nomiga ariza yozdirib olib, kamerani boshqa tomonga qaratib qoʻyish evaziga fuqaro X.M.dan 100.000 soʻm pullarni talab qilib, talab qilingan 100.000 soʻm puldan 30.000 soʻmini olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

U.M. bular bilan cheklanib qolmasdan, 3 avgust kuni Jarqoʻrgʻon tumani buyum bozori yonida kirakashlik qiluvchi Termiz shahrida yashovchi fuqaro M.Gʻ.ning oldiga fuqarolik kiyimida borib, oʻzini viloyat IIB JQB boʻlim boshligʻi mayor “Oybek” deb tanishtirib, maxsus topshiriq bilan yurganligini, bir kun davomida uni avtomashinasi bilan viloyatning Qumqoʻrgʻon, Angor, Qiziriq, Bandixon, Boysun va Denov tumanlariga olib yurishi kerakligini, evaziga 150.000 soʻm pul va avtomashinasiga 4 (toʻrt) dona yangi shinani IIBdan olib berishni vaʼda qilib, u bilan aytilgan manzillarga borib kelganidan soʻng, fuqaro M.Gʻ.dan turmush oʻrtogʻini viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda berib, 300.000 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan olib, yoʻlkira haqi uchun vaʼda qilingan 150.000 soʻm pullarni bermaganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida yuqoridagi fuqarolarga oʻzini viloyat IIB JQB va tergov boshqarmasi xodimi deb tanishtirib, firibgarlik jinoyatlarini sodir qilib yurgan “Oybek” ismli shaxs, Denov shahrida yashovchi, 2002 yilda JKning 168-moddasi 2-qismi, 2004 yilda JKning 168-moddasi 3-qismi, 267-moddasi 1-qismi, 2008 yilda JKning 168-moddasi 2-qismi, 166-moddasi 2-qismi, 2015 yilda JKning 168-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 1-qismi, 118-moddasi 2-qismi, 267-moddasi 2-qismi, 226-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, hozirgi kunda Denov tumani IIB HPBda ahloq tuzatish jazosini oʻtayotgan 1983 yilda tugʻilgan fuqaro U.M. ekanligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzini “ichki ishlar organi mayori” deb tanishtirib yurgan soxta xodim qoʻlga olindi