16:26 / 04.09.2018
8 755

Tatyana Karimovaning koʻz yoshlari… (video)

Tatyana Karimovaning koʻz yoshlari… (video)
Tatyana Akbarovna Karimova Prezident Shavkat Mirziyoyevga turmush oʻrtogʻi, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga koʻrsatayotgani hurmat va ehtiromi uchun minnatdorlik bildirdi. Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida qabul qilingan qarorlar, amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
2 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov vafot etgan kun munosabati bilan u uzoq yillar faoliyat yuritgan “Oqsaroy” qarorgohida tashkil etilgan xotirasi kechasida Tatyana Akbarovna Islom Abdugʻaniyevichni koʻzida yosh bilan yodga oldi.

Tatyana Akbarovna har gal Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etib, u bilan oʻtgan yillarni, hayotidagi quvonchli va qiyin damlarni eslaydi.

Islom Karimov xalqiga oʻzi tortiq etgan mustaqillik bayrami arafasida vafot etgani oʻzbek xalqi uchun ogʻir boʻlganini aytadi Karimova.

Shu kuni xotirasi kechasi Tatyana Akbarovna Karimova tomonidan tanlangan mehmonlar taklif etildi. Oilaga eng yaqin boʻlgan va Islom Karimov faoliyatida muhim oʻrin tutgan davrdoshlar jam boʻldi. Xonandalar va ular tomonidan aytiladigan qoʻshiqlar ham Tatyana Karimovaning taklifiga koʻra tanlangan. Bu haqda uning oʻzi shunday deydi:

“Biz bugungi xotirasi kechasiga Islom Abdugʻaniyevich yaxshi koʻrgan xonandalarni chaqirdik va u kishi sevgan qoʻshiqlardan dastur tayyorladik”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tatyana Karimovaning koʻz yoshlari… (video)