14:50 / 05.09.2018
6 325

Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Тошкент молия институтига янги ректор тайинланди
Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 sentyabrdagi qarori bilan Ulugʻbek Oʻktamovich Azizov Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Ulugʻbek Azizov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1998 yilda Toshkent moliya institutini, 2007 yilda Yokogama Milliy universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Bunga qadar iqtisod fanlari doktori, professor Nizomiddin Hamroyevich Haydarov 2017 yilning 23 mayidan Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.

1991 yil prezidentning farmoniga koʻra Toshkent xalq xoʻjaligi institutining Moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etildi.

Institut hozirgi davrda moliya, bank, soliq, sugʻurta, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, menejment, kasbiy pedagogik tayyorgarlik kabi qator taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlab kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi