21:05 / 05.09.2018
4 971

Bosh prokuratura: qamoqqa olingan bozorqoʻmlar katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan

Bosh prokuratura: qamoqqa olingan bozorqoʻmlar katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan
Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahridagi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va “Bek toʻpi savdo kompleksi”, “Chorsu buyum savdo kompleksi”, “Chilonzor buyum savdo majmuasi”, “Oʻrikzor savdo kompleksi” bozorlari, “Eski Joʻva dehqon bozori”, “Yunusobod dehqon bozori” dehqon bozorlari va “Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish tergov qilinmoqda deb xabar bermoqda Kun.uz.

Avvalroq, Toshkentdagi yirik bozorlarning rahbarlari rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish ishi boʻyicha qoʻlga olingani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, iqtisodiyot asoslariga qarshi qator jinoyatlar sodir etgan 7ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Xususan:

– sifatsiz tovarlarni sotib olish va ularni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyish bilan davlatga 27,7 mlrd. soʻm miqdorida zarar yetkazilishi;

– bozorlar hududida pullik xizmatlar koʻrsatilishidan tushgan 3 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻni inkassatsiya qilmaslik yoʻli bilan oʻzlashtirish;

– qayd etilmagan va noqonuniy qurilmalar (omborlar va yengil konstruksiyalar) faoliyatidan tushgan 2 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻni oʻzlashtirish;

– savdo nuqtalari faoliyatidan olingan ijara toʻlovlarini topshirmaslik yoʻli bilan 1 mlrd. soʻmdan ortiq davlat mablagʻlarini oʻgʻirlash;

– savdo nuqtalarini realizatsiya qilishda tadbirkorlardan 2 mingdan 5 ming AQSH dollarigacha miqdorda noqonuniy pul mukofotlarini olish.

Ushbu holatlar boʻyicha Savdo va bozorlar departamentining mansabdor shaxslariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish: a) juda koʻp miqdorda; b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) ayblov qoʻyildi va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

“Yunusobod dehqon bozori” AJ bozori rahbarlari O.Mustayev va B.Yusupov tomonidan – taxminan 800 mln. soʻm, shuningdek, “Toshkent oziq-ovqat zaxira” DUK direktori R.Rasulov tomonidan – 3,9 mlrd. soʻm ularning miqdorida yetkazilgan zarar miqdori qoplangani inobatga olinib, ularga nisbatan ozodlikdan marhum etish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Ish boʻyicha tergov davom etyapti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: qamoqqa olingan bozorqoʻmlar katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan