6 651
Oʻzbekiston Bosh vaziri 7 yil davomida paxta terib, pul ishlagani haqida soʻzlab berdi
5 sentyabr kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish masalasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda turli vazirlik va idoralar rahbarlari, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.
Oʻzbekiston Bosh vaziri joriy yilda paxta terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmasligini alohida taʼkidlar ekan, shu oʻrinda istalgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻshimcha daromad topish maqsadida ixtiyoriy ravishda dam olish kunlari istagan paxta yetishtiriladigan hududiga borib, paxta terishi mumkinligini ham aytib oʻtdi. Bosh vazir bu borada ichki ishlar vaziri oʻrinbosariga topshiriqlar berib, bir viloyatdan ikkinchi viloyatga borib paxta termoqchi boʻlgan fuqarolarga sharoit yaratib berish zarurligini qayd etdi.
Shu oʻrinda Bosh vazirning oʻzi ham oʻz vaqtida paxta terimiga chiqqani va pul ishlagani haqida soʻzlab berdi:
“Men Toshkentda tugʻilganman, biroq shunday boʻlsa-da yetti yil paxta terganman, 3—4 soʻm pul ishlaganman. Ishlab topgan pulimga hech boʻlmasa kiyim sotib olganman”, — deydi Abdulla Aripov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi