00:08 / 07.09.2018
4 575

Saytlardan foydalanishni cheklash kim tomonidan amalga oshiriladi?

Saytlardan foydalanishni cheklash kim tomonidan amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Maxsus vakolatli organ Reyestrga kiritilgan Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklashga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar koʻradi.

Foydalanishni cheklash faqat identifikatsiya maʼlumotlari Reyestrga kiritilgan Internet tarmogʻi axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.

Foydalanishni cheklash choralarini koʻrish Internet tarmogʻi axborot resurslari identifikatsiya maʼlumotlari Reyestrga kiritilgandan keyin oʻn ikki soat mobaynida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi cheklangan Internet tarmogʻi axborot resurslari Oʻzbekiston Respublikasi foydalanuvchilari murojaatlariga javoban maxsus vakolatli organ quyidagi maʼlumotlar berilishini taʼminlaydi:

- taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarining Reyestrga kiritilgani haqida xabar;

- murojaat uchun bogʻlanish maʼlumotlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saytlardan foydalanishni cheklash kim tomonidan amalga oshiriladi?