11:57 / 10.09.2018
7 989

Samarqandlik ayol erini urib oʻldirib qoʻydi

Samarqandlik ayol erini urib oʻldirib qoʻydi
Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida 8 sentyabr kuni “Galatut” MFYda yashagan F.X. uyidan tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 6 sentyabr kuni F.X.ning birga yashovchi turmush oʻrtogʻi R.S. uyida oilaviy janjal sabab F.X.ning boshiga taxta bilan urib, jarohat yetkazganligi, bu boʻyicha F.X. hech qayerga murojaat qilmaganligi maʼlum boʻlgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, R.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik ayol erini urib oʻldirib qoʻydi