22:55 / 11.09.2018
7 815

Yoʻqolgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomani tiklash tartibi qanday?

Yoʻqolgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomani tiklash tartibi qanday?
Ushbu holatda tugʻilganlik haqidagi guvohnomani bergan FHDYO organidan takroriy guvohnoma olish mumkin, deb yozmoqda Kun.uz.

Buning uchun takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs, ushbu guvohnomani bergan FHDYO organiga bevosita yoki oʻzi yashab turgan joydagi FHDYO organi orqali murojaat qilishi lozim.

Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari maʼmuriyatlarining arizalari boʻyicha beriladi.

Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi.

Takroriy guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida (27 645 soʻm) haq undiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoʻqolgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomani tiklash tartibi qanday?