09:02 / 12.09.2018
4 899

Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi

Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, boʻsh turgan obyektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida Oʻzbekiston prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhlar tashkil etildi.

Oʻn kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni koʻrib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish komissiyaning muhim vazifalari sirasiga kiradi.

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani oʻrganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablagʻlarini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

- hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini oʻrganish va aniqlash;

- tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor koʻrib chiqish choralarini koʻrish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazish;

- tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini taʼminlash;

- boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga qoʻyish bilan bogʻliq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash;

- joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Komissiyaga kiritish;

- vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi