14:09 / 12.09.2018
4 781

Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganida qoʻlga olindi

Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganida qoʻlga olindi
2018 yil 9 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi hududidan oʻtgan 4R-110 avtomobil yoʻlida oʻtkazilgan tadbir davomida, “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatildi.

Haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim etishi soʻralganida, u oʻzini Denov tumani “Lochin” mahallasida yashovchi fuqaro N.A. deb tanishtirib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hamda avtomashinaga tegishli biron bir hujjatni taqdim etolmaganligi sababli, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi oʻrnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan keyin, haydovchi N.A. maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmasligi hamda avtomashinasini jarima maydonidan shu kuni chiqarib berishi evaziga 100 000 (yuz ming) soʻm pulni pora sifatida berishini taklif etgan.

Shu kuni soat 16:40larda Muzrabot tumani “Muzrabot Darvoza” mahallasi hududida Angor tuman prokuraturasi, viloyat IIB Oʻz xavfsizligi boʻlimi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.A. Ichki ishlar xodimi P.X.ga 96 ming soʻm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Angor tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganida qoʻlga olindi