14:52 / 13.09.2018
5 042

Jahongir Ortiqxoʻjayev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi

Jahongir Ortiqxoʻjayev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniyada boʻlib turibdi.

Bugungi tadbirlar dasturida Toshkent shahar hokimining Berlin shahridagi yer osti metropoliteni va unga tutash hududlarning boʻsh joylaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishishi hamda Berlin shahri hokimi M.Myuller janoblari bilan uchrashuvlari oʻrin olgan.

Kunning ikkinchi yarmida J. Artikxoʻjayev “Berlinning oltin kitobi”ga oʻz fikr-mulohazalarini yozib qoldirishi, shuningdek, Berlin shahri ichki ishlar va sport senatori bilan uchrashuvi, Kroysberg tumanidagi sport va fitnes markazi faoliyati bilan tanishishi koʻzda tutilgan.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, delegatsiya aʼzolari kun yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 27 yilligi hamda Toshkent va Berlin oʻrtasida doʻstona aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxoʻjayev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi