11:50 / 14.09.2018
4 987

Goʻshtni xomligicha qonini oqizib yeyishga ixlosmand yigitning miyasidan kattakon qurt topishdi

Goʻshtni xomligicha qonini oqizib yeyishga ixlosmand yigitning miyasidan kattakon qurt topishdi
U Xitoyning Szyansi viloyatiga qarashli Nanchan shahrida yashovchi 26 yoshli Lyu soʻnggi vaqtlarda shaytonlash, favqulodda bosh qismida paydo boʻladigan kuchli ogʻriqdan azoblanardi. Mahalliy vrachlar uni tekshirib koʻrib hech narsani aniqlay olishmadi. Lyuni markaziy kasalxonaga olib borishdi. Ana shu yerda rentgen yigitning miyasida hajmi 10 santimetrga teng qurt yashashini koʻrsatib berdi. Qurt jarrohlik yoʻli bilan olib tashlandi. Ammo parazit shunda ham oʻlim topmadi. Oʻrmalagancha probirkalardan biriga kirib oldi.

Shanxay neyrojarrohlik markazi prezidenti Go Xueyning aytishicha, bunday qurtlar inson organizmiga xom yoki chala qovurilgan goʻsht, baliq mahsulotlari orqali oʻtadi va organizmning biror qulay aʼzosi ichiga joylashib oladi. Aksar hollarda qurt miyani makon tutadi. Sababi, organizmimizdagi qonning chorak qismi yurakdan toʻppa-toʻgʻri miyaga yetkaziladi. U odamni shaytonlashga majbur etadi, bosh qismida kuchli ogʻriq turadi, koʻngli ayniydi, ogʻiz-burnidan qon ketadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Goʻshtni xomligicha qonini oqizib yeyishga ixlosmand yigitning miyasidan kattakon qurt topishdi