21:04 / 14.09.2018
5 159

Imomlar “ijtimoiy tarmoqda gʻarazli fikr bildiruvchilarga” qarshi kurashadi (video)

Imomlar “ijtimoiy tarmoqda gʻarazli fikr bildiruvchilarga” qarshi kurashadi (video)
Shu yilning 12 sentyabrida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat olib borayotgan masjidlar imom-xatiblari, diniy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari ishtirokida video-selektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda “yurtimizdagi tinchlik xotirjamlikni qadriga yetish, hozirgi kunda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni keng xalq ommasiga yetkazish hamda imom-xatiblarning oldida turgan dolzarb vazifalar, eʼtibor qaratish kerak boʻlgan jihatlarga alohida urgʻu” berilgan. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

VVS Oʻzbek xizmatiga majlisdan sizdirilgan audioyozuvga koʻra, yigʻilishda imomlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ham muhokama qilingan.

Xususan, Yunusobod tuman bosh imom-xatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov imomlarni Facebookʻda faollik koʻrsatishga chaqirgan.

“Men sizlarning qatoringizdagi oddiy imom sifatida gapirmoqchiman. Ijtimoiy tarmoq, xohlaymizmi-yoʻqmi, ob-havoga taʼsir qilyapti. Ijtimoiy tarmoqda gʻarazli fikr bildiruvchilar soni, adadi sanoqli, 10-20 tadan oshmaydi. Ammo bizning sonimiz 5 mingga yetyapti. Nima uchun gʻaraz niyatlilar rahbarimizni, muftiy hazratimizni yoki biror imomimizni istagancha tanqid qilsa, biror-bir imom fikr bildirmaydi? 5 mingtamiz-ku axir! Nimaga?”, degan Rahmatulloh qori Sayfuddinov.

“5-6 ta gʻarazgoʻy yomon fikr yozsa, nega 200 ta imom chiqib, ularni koʻmib tashlamaymiz” deya taʼkidlaydi imom. Uning aytishicha, imomlarning 90 foizi ijtimoiy tarmoqlarda mavjud boʻlsa ham, unda yetarlicha faollik koʻrsatishmaydi.

Shuningdek, OʻMI raisi, muftiy Usmonxon Alimov prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqqan toshkentlik imom Fazliddin Parpiyevni “noshukurlik”da ayblagan. Muftiyning aytishicha, bu imom rahbariyat bilan maslahatlashmay, oʻz bilganicha minbarda chiqish qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Imomlar “ijtimoiy tarmoqda gʻarazli fikr bildiruvchilarga” qarshi kurashadi (video)