22:26 / 14.09.2018
3 261

MIB xodimlari Osiyo oʻyinlari gʻoliblari bilan uchrashdi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida jamoatchilik hamda ommaviy axborot vakillari ishtirokida, Dzyudo boʻyicha Milliy terma jamoa bosh murabiiyi Farxod Toʻrayev, mashhur kurash ustasi va dzyudochi Kamol Murodov, XVIII-Osiyo oʻyinlari gʻolibi Gulnoza Matniyozova, Osiyo oʻyinlari gʻolibi va Kurash boʻyicha Oʻzbekiston Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilgan 1-xalqaro turnir gʻolibi Sherali Joʻrayevlar ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
MIB xodimlari Osiyo oʻyinlari gʻoliblari bilan uchrashdi
Muloqotda, joylarda sportga berilayotgan eʼtibor, sportning yosh avlod va inson salomatligi, maʼnaviy yetukligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlanib, sportchilarimiz xalqaro va jahon arenalarida, qolaversa, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtgan XVIII-yozgi Osiyo oʻyinlarida kiritilgan yutuqlar haqida toʻxtab oʻtildi.

Shuningdek, dzyudochilarimizning Osiyo oʻyinlaridagi ishtiroki va joriy yilning sentyabr oyida Baku shahrida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga boʻlayotgan tayyorgarligi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Soʻzga chiqqanlar, yurtimizda boshqa sport turlarini keng ommalashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, ayollarning sportdagi ishtiroki, bunyod etilayotgan sport inshootlari, sportga ixtisoslashgan maktab hamda kollejlarda malakali murabbiylarning koʻmagida erishayotgan zafarli odimlar haqida gapirib oʻtishdi.

Tadbirda, terma jamoa bosh murabbiy F.Toʻrayev va yordamchi murabbiy K.Murodov va dzyudochi Sh.Joʻrayevlar Majburiy ijro byurosi xodimlariga toʻlov intizomini mustahkamlashdek masʼuliyatli vazifalarini bajarishlarida omad tilab qoldilar.

Oʻz oʻrnida, Majburiy ijro byurosi xodimlari ham dzyudochilarimizga ulkan zafarlar va yuksak marralarini zabt etishlarida muvaffaqiyat tilab qoldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB xodimlari Osiyo oʻyinlari gʻoliblari bilan uchrashdi