08:31 / 15.09.2018
6 435

Nonning narxi oshmoqda: kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga oylik kompensatsiya toʻlanadi

Nonning narxi oshmoqda: kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga oylik kompensatsiya toʻlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 13 sentyabrdagi №731-sonli qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, 2018 yil 15 sentyabrdan boshlab:
  • 1 kg 1-nav bugʻdoy uni uchun ulgurji sotish narxini 1400 soʻm miqdorida belgilash (1 noyabrgacha buni ham bekor qilish);
  • Qolipli nonni talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi boʻyicha sotish;
  • “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar va chorvachilik (parrandachilik, baliqchilik) korxonalariga don, shuningdek, oliy navli bugʻdoy unini birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotish tartibi joriy etilmoqda.

2018 yil 1 oktyabrdan boshlab:

- Yoshga doir, nogironlik boʻyicha nafaqa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolaligidan nogiron boʻlgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, nogiron boʻlgan 16 yoshgacha bolalarga nafaqa, shuningdek, yoshga doir pensiyaning belgilangan miqdoridan kam pensiya va nafaqa boʻyicha har bir nafaqa oluvchiga;

- Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha nafaqa oluvchi har bir oila, oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilaga un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanishi joriy etilmoqda.

Hukumat qarori bilan belgilanmoqdaki:

a) 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab 14 yoshgacha farzandlari boʻlgan oilalarga bolalar sonidan kelib chiqqan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan belgilanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorda toʻlanadi:
  • bir nafar farzandi boʻlgan oilaga — 60 foiz;
  • ikki nafar farzandi boʻlgan oilaga — 100 foiz;
  • uch va undan koʻp farzandi boʻlgan oilaga — 140 foiz;

b) pul kompensatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;

v) zaruratga koʻra, bozorda don va un narxlari keskin oʻzgarishining oldini olish maqsadida isteʼmolchilarga sotish uchun davlat zaxirasidan don chiqarish taʼminlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nonning narxi oshmoqda: kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga oylik kompensatsiya toʻlanadi