14 sentyabr kuni Toshkent viloyatida IIB xodimiga pul taklif qilgan fuqaro ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, shu yilning 27 avgust kuni soat taxminan 02-10larda Namangan viloyati, Namangan shahrida yashovchi 1994 yilda tugʻilgan fuqaro U.S. boshqaruvida boʻlgan “Lasetti” rusumli avtomashinasida Ohangaron shahri hududidan oʻtgan “Guliston–Boʻka–Angren – Qoʻqon-Andijon-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 132-chaqirimida yoʻlning chap tarafidan oʻng tarafiga beton toʻsigʻi orqali oshib oʻtayotgan fuqaro, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1972 yilda tugʻilgan fuqaro N.Z.ni urib yuborgan. Natijada N.Z. olingan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 27 avgust kuni Ohangaron shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan fuqaro U.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
14 sentyabr kuni taxminan soat 08-30larda oʻzini haydovchi U.S.ning otasi deb tanishtirgan, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, 1966 yilda tugʻilgan fuqaro M.A. tergovchi X.F.ning xizmat xonasiga kirib, oʻgʻli U.S.ga jinoyat ishi boʻyicha yengillik qilishi, avtoulovni jarima maydonchasidan chiqarish, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etmaslik va oʻgʻliga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik evaziga pora tariqasida 200 AQSH dollari berishni taklif qilgan.
Holat yuzasidan IIB tergovchisi X.F. oʻz rahbariga axborot berib, pora taklif qilgan fuqaro M.A.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Shundan soʻng, shu kuni Toshkent viloyati IIB tezkor xodimlari hamda Ohangaron shahar prokuraturasi xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan fuqaro M.A. IIB tergovchisi X.F.ga 200 AQSH dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerakki, soʻnggi vaqtlarda militsiya xodimlari ularga taklif qilingan porani olmay, pora taklif qilgan odamlarni tutib berayotgani haqida xabarlar koʻpaygandi. Maʼlum boʻlishicha, pora taklif qilgan shaxslarni tutib bergan organ xodimlariga moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishlar, hatto lavozimlar vaʼda qilingan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi