19:25 / 17.09.2018
4 567

Markaziy bank: “Uzcard” muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka oʻzgarishlar kiritiladi

Markaziy bank: “Uzcard” muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka oʻzgarishlar kiritiladi
Markaziy bank matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Uzcard” faoliyatida muammolar kuzatila boshlanganidan beri Markaziy bank vakillari dasturiy taʼminot mutaxassislari bilan hamkorlikda toʻlov tizimi ishini tiklashda koʻmaklashishmoqda.

Tizimni tiklashning birinchi bosqichi tugadi — toʻlov kartalaridagi qoldiqlarning maʼlumotlar bazasi tiklandi. Ikkinchi bosqich, yaʼni toʻlov terminallari ishini tiklash kun davomida amalga oshiriladi.

Zarurat boʻlganda fuqarolar naqd pul uchun xizmat koʻrsatuvchi banklariga murojaat qilishlari lozim. Shuni eʼtiborda tuting: hozircha aynan karta ochilgan bank filialiga borish kerak (terminallar ishlay boshlagach esa har qanday bankning istalgan filialiga murojaat qilsa boʻladi). Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimiz hududlaridagi filiallarni naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha ish olib borgan.

Oʻz navbatida, Markaziy bank yuz bergan ushbu holat eʼtiborsiz qolmasligini maʼlum qildi. Qonunchilikka MB barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida toʻlov tizimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha huquq hamda majburiyatlar bilan taʼminlovchi oʻzgarishlar kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank: “Uzcard” muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka oʻzgarishlar kiritiladi