Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidovning “Vecherniy Bishkek” nashriga xabar berishicha, Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punkti odatiy rejimda ishlamoqda.
“Nazorat-oʻtkazish punkti yopilmadi. Chegarachilar chegara boʻylab fuqarolarni tartibga rioya etgan holda oʻtkazmoqda”, - deya aniqlik kiritgan diplomat.
Shuningdek, Komil Rashidovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Chegara xizmati fuqarolarning har ikki tomonga oʻtishi muammolarsiz va ortiqcha kechiktirishsiz amalga oshishi tarafdori. Bildirilishicha, nazorat-oʻtkazish punkti xalqaro maqomga ega va kuniga 24 soat ishlaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq qirgʻizistonliklar Oʻzbekiston hududiga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktidan (NOʻP) olingan videoni vaziyatga guvoh boʻlganlardan biri Facebookʻda eʼlon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi