15:47 / 25.09.2018
4 886

Bosh vazir sobiq poraxoʻr hokimning qarorini bekor qildi

Bosh vazir sobiq poraxoʻr hokimning qarorini bekor qildi

Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan sayyor yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi, deb yozmoqda Kun.uz.

Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Qurilish ishlari toʻxtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning oʻrnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti. Ushbu ishlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olingani xabar qilindi.

Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir sobiq poraxoʻr hokimning qarorini bekor qildi