4 621
Departamentning tuman boʻlimi boshligʻiga oylik “dolya” taklif qilgan bozor direktori ushlandi
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi boshligʻi R.E.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E. bozor hududida sotiladigan goʻsht mahsulotlarini haqiqiy miqdorini va bozorning kunlik patta tushum pullarini hisobini nazorat qilib bormaslik evaziga boʻlimi boshligʻi R.E.ga har oyda 1500 AQSH dollari “pora” berishni taklif qilib, shundan 550 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi koʻrilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi