08:02 / 26.09.2018
5 862

Samarqandda yana bir olchoq rahbar pora olayotganda qoʻlga tushdi…

Samarqandda yana bir olchoq rahbar pora olayotganda qoʻlga tushdi…

“Oʻzbekiston pochtasi” Samarqand viloyat filiali rahbari Sh.Umarov birovdan 40 ming dollar pora olayotganda qoʻlga tushdi. Olchoq rahbar bu pullarni fuqaro U.Yoqubovga oʻzi rahbarlik qilayotgan tashkilot hududidagi yerni doʻkon qurish uchun berishi evaziga talab qilgan va talabi ado etilgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari ayni pora oldi-berdisi paytida Sh.Umarovni qoʻlga olishdi.

Ayni vaqtda poraxoʻr qamoqda saqlanmoqda. Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 168-moddasi, 4- qismi, 211 moddasi 3- qismiga asosan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ajoyib kunlarning birida Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimi ham birovga yer uchastkasi berish evaziga 400 ming dollar miqdorida pora olayotib qopqonga tushgandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yana bir olchoq rahbar pora olayotganda qoʻlga tushdi…