22:33 / 26.09.2018
6 612

Qibrayning sobiq hokimi rahbarlik lavozimiga qaytarildi

Qibrayning sobiq hokimi rahbarlik lavozimiga qaytarildi
25 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. “Kun.uz” manbasi xabariga koʻra, Toshkent viloyati hokimi Gʻulomjon Ibragimov Nigʻmat Isroilovich Muhamedovni Parkent tumanining yangi rahbari sifatida tanishtirgan.

Nigʻmat Muhamedov Bekobod tumani hokimligiga oʻtkazilgan Neʼmat Abdullayev oʻrnida ish boshlaydi.

Qibray tumaniga 2009 yildan buyon hokimlik qilib kelgan Nigʻmat Muhamedov shu yilning iyul oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev tanqidiga uchrab, ishdan olingandi. 27 iyul kuni Prezident raisligida jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi masʼuliyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Qibray tumani hokimiga qoʻshib, uning oʻrinbosarlari, tuman prokurori, tuman IIB rahbari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi va “Mahalla” jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbarini lavozimdan ozod etishga koʻrsatma berilgandi.

Iyul oyi oxirida Qibray tumaniga Toshkent shahri, Yunusobod tumani sobiq hokimi, 2017 yilning avgustidan Olmaliq shahriga hokimlik qilib kelgan Miragzam Mirqosimov yangi rahbar etib tayinlandi.

Bundan avvalroq, Otabek Ubaydullayevich Isroilov Bekobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Oxirgi xabarlarga koʻra, u paxta hosilini qoʻshib yozgani uchun ishdan olingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayning sobiq hokimi rahbarlik lavozimiga qaytarildi