12:43 / 27.09.2018
4 886

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon oʻzaro muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon oʻzaro muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon 27 sentyabr kuni Dushanbe shahrida uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tashrifi bilan qutladi. Tojikiston prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi natijalari yuqori baholandi.

Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib borgani, prezidentni Imomali Rahmon shaxsan kutib olgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon oʻzaro muloqot qildi