19:22 / 27.09.2018
5 759

Advokatlar endi sudya boʻladi va notarius boʻlish talablari oʻzgartirildi

Advokatlar endi sudya boʻladi va notarius boʻlish talablari oʻzgartirildi
Oʻzbekiston Respublikasida advokatlar sudya sifatida faoliyat olib borish huquqiga ega boʻladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida senatorlar maʼqullagan “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, endilikda advokatlar xalqaro tijorat arbitraj va hakamlik sudlarida sudya lavozimida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi.

Qonun bilan advokatlarga mediator sifatida, shartnoma asosida muassasalarning yuridik xizmatida faoliyat yuritish huquqi berilmoqda.

Bundan tashqari majlisda “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini koʻrib chiqildi.

“Notariat toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq, yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan, notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin.

Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Advokatlar endi sudya boʻladi va notarius boʻlish talablari oʻzgartirildi