17:47 / 28.09.2018
7 909

Propiska boʻyicha muhim yangilik

Propiska boʻyicha muhim yangilik
Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha parlament quyi palatasiga kiritilgan. Bu haqda “Davletovuz” kanali xabar berdi.

Maʼlumki, qonunchilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan ushbu hududlarda yashash hamda ishga joylashish bilan bogʻliq qator cheklovlar mavjud. Unga rioya etmaslik fuqarolar va mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.

Qonun loyihasiga koʻra, pasport olishning belgilangan muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun voyaga yetmagan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi bekor qilinadi.

Xodimlarning mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganligi uchun ish beruvchi maʼmuriy javobgarligi bekor qilinadi.

Vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashaganlik uchun fuqarolarning javobgarligi yengillashtiriladi.

Fuqarolarning oʻz turar joylarida vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan shaxslarning yashab turishiga yoʻl qoʻyganligi uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinyapti. Mana shu norma yaxshi boʻlibdi.

Shuningdek, loyihada Mehnat kodeksining 80-moddasiga ham oʻzgartish kiritiladi. Yangi tartibga muvofiq, ish beruvchi ishga kirayotgan shaxs doimiy yoki vaqtincha propiskasiz boʻlsa yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan boʻlsa ishga qabul qilishni rad etishi mumkin emas.

Qonun loyihasi qabul qilinishi yoki rad qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Propiska boʻyicha muhim yangilik