19:33 / 28.09.2018
4 949

Peskov Putinning Oʻzbekistonga tayyorlanayotgan tashrifi haqida gapirdi

Peskov Putinning Oʻzbekistonga tayyorlanayotgan tashrifi haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik koʻrilmoqda, u hozirda yuqori darajadagi tayyorgarlikda, deya maʼlum qildi davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novostiga tayanib “Kun” nashri xabar bermoqda.

“Oʻzbekistonga tashrif chindan ham tayyorgarlikning juda ilgʻor bosqichida. Biz tegishli bayonot bilan chiqamiz”, - deya maʼlum qildi Peskov jurnalistlarga. U shu yilning oktyabr oyida prezidentning respublikaga ehtimoliy tashrifi haqidagi savolga shunday javob berdi.

Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev va Putinning oxirgi uchrashuvi joriy yilning iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari yetakchilari sammitida boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning xabar berishicha, Rossiya prezidentining rasmiy tashrifi doirasida Rossiya-Oʻzbekiston birinchi hududlararo hamkorlik forumi oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Peskov Putinning Oʻzbekistonga tayyorlanayotgan tashrifi haqida gapirdi