Juma kuni ertalab Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasidagi “Qoʻylik ota” bekati yaqinida 45-yoʻnalishda harakatlanuvchi Mersedes Benz Conecto LF avtobusi yonib ketdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Avtobus 4- avtobus saroyiga tegishli boʻlib, “Qoʻyliq-2” mavzusi-Boshliq mavzesi yoʻnalishida harakat qilayotgan boʻlgan.
IIBB YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yongʻin toʻgʻrisidagi xabar 7:58 da kelib tushdi. Yongʻinga avtotransport vositasi yonilgʻi tizimidagi nosozlik sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda.
Yongʻin oʻt oʻchirish xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida avtobusning motor boʻlmasi yongan. Qurbonlar va jabrlanganlar yoʻq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi