15:56 / 30.09.2018
4 511

Toshkentda sinov rejimida “aqlli svetoforlar” oʻrnatiladi (video)

Toshkentda sinov rejimida “aqlli svetoforlar” oʻrnatiladi (video)
Toshkent transport departamentining Innovatsion rivojlanish vazirligi, poytaxt IIBB YHXB vakillari va ABL-SOFT mahalliy dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilar bilan uchrashuvida turli sinov rejimlari, shahar transport infratuzilmasiga texnologiyalar joriy etish boʻyicha boshqa masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoat transportida qulayliklarni yaxshilash, avtobuslar qatnovi intervali, bepul Wi-Fi boʻlgan avtobus bekatlarini qurish, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish stansiyalari, «aqlli svetoforlar"ni joriy etish ishlariga tegishli institutlarni jalb qilish masalalari boʻyicha kelishuvga erishildi.

Xususan, vazirlik axborot-transport tizimi asosida «aqlli svetoforlar"ni joriy etish loyihasi boʻyicha ilk sinov rejimi Nurafshon koʻchasida amalga oshirishni taklif etdi — Labzak koʻchasi bilan kesishmadan Beruniy koʻchasi bilan kesishmaga qadar.

Poytaxt hokimligi va IIBB vakillari esa, oʻz navbatida, Nurafshon koʻchasini oxirigacha, Oqtepa aylanasigacha qamrab olishni taklif qilishdi. Bu masala yaqin kunlarda hal qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sinov rejimida “aqlli svetoforlar” oʻrnatiladi (video)