15:50 / 01.10.2018
5 543

IIV rasmiy maʼlumoti - Olmaliqda mayorning pogoni yulinib, oʻzi kaltaklangani rostmi?

IIV rasmiy maʼlumoti - Olmaliqda mayorning pogoni yulinib, oʻzi kaltaklangani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Olmaliqda militsiya mayori pogoni yulinib, kaltaklandi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqola oʻz tasdigʻini topmadi va voqeaning asl holati maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

2018 yilning 22 iyun kuni soat 23.00larda Olmaliq shahar, Primqulova koʻchasida, 1987 yilda tugʻilgan E.D., 1988 yilda tugʻilgan K.U. va E.S. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan baland ovozda baqir-chaqir qilib, ogʻzaki janjal qilgan vaqtda, fuqarolar tomonidan ushbu hudud profilaktika inspektori mayor Rahmonov Davronning uyiga borib, janjalni tinchlantirish yuzasidan murojaat qilishgan.

Ushbu hududga biriktirilgan, lekin tungi xizmatga jalb qilinmagan profilaktika inspektori mayor D.Rahmonov voqea joyiga yetib kelib, ulardan bezorilik harakatlarini toʻxtatishni va uylariga tarqalishlarini talab qilgan. Biroq E.D., K.U. va E.S. mayor D.Rahmonovga faol qarshilik koʻrsatib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilib, obroʻsizlantirib, qoʻllarini qayirib, u holsizlanib qolgan vaqtda, goʻyoki xizmat vaqtida mast ekanligi haqida shaʼniga putur yetkazuvchi haqoratli gaplarni aytib, uyali telefonga tasvirga olib, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborganlar.

Aynan shu vaqtda ushbu hududga tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektori katta leytenant Valiyev Poʻlat hududni nazorat qilib yurganida janjal boʻlayotgan holatga duch keladi va mayor D.Rahmonovga yordamga boradi. Janjal boʻlgan joyda hech qanday restoran boʻlmagan, xodimlar esa shu kuni spirtli ichimlik isteʼmol qilmaganlar, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan E.D., K.U. va E.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish) va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Haqorat qilish: a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV rasmiy maʼlumoti - Olmaliqda mayorning pogoni yulinib, oʻzi kaltaklangani rostmi?