18:18 / 02.10.2018
12 368

Bosh prokuraturaning oʻzi Gulnora Karimova va uning qizi haqida maʼlumot berdi (foto)

Bosh prokuraturaning oʻzi Gulnora Karimova va uning qizi haqida maʼlumot berdi (foto)
Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova mamlakatni hech qanday toʻsqinliksiz tark etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ham maʼlum qildi deydi Kun.uz nashri.

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentyabr kuni Toshkentdan Londonga uchib ketgandi. U Toshkent-London yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning HY201 reysiga oʻtirish taloni tasvirlangan suratni Instagramʻdagi sahifasida eʼlon qilgan.

“Imon Karimova Oʻzbekistondan chiqib ketganligini va buning uchun hech bir rasmiy toʻsqinlik yoʻq ekanligini tasdiqlaymiz”, – dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili.

Uning maʼlum qilishicha, Imon Karimovaning onasi – Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo oʻtashni davom etmoqda.

“Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova oʻzi ayblangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Imon Karimovaning Instagramʻdagi sahifasida eʼlon qilgan suratga koʻra, u Londondagi London school of economicsʻda tahsil olishni boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuraturaning oʻzi Gulnora Karimova va uning qizi haqida maʼlumot berdi (foto)