2018 yilning 3 oktyabr kuni Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. 2018 yilning aprel oyidan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun: Rahmonbek Usmonov 1960 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1982 yil Toshkent avtomobil yoʻllari institutini tamomlagan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
2012–2018-yillarda Toshkent shahar hokimi boʻlib ishlagan. 2018 yil aprel oyidan shu kunga qadar - Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz, 11 sentyabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olingani xabar qilindi.
Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.
Joriy yilning iyul oyi oʻrtalarida Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qoʻlga olingani haqida turli xabarlar tarqalgandi.
Biroq, Bosh prokuratura matbuot xizmati “Kun.uz” muxbiri bilan suhbatda sobiq hokim ustidan jinoiy ish ochilgani hamda bir qator ayblovlar bilan unga nisbatan tergov harakatlari boshlangani haqida internetda tarqalgan maʼlumotni rad etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?