12:12 / 04.10.2018
6 399

Ishni eplay olmagan “KRU” boshligʻi oʻrinbosari porani qaytarayotganda qoʻlga tushdi

Ишни эплай олмаган "КРУ" бошлиғи ўринбосари порани қайтараётганда қўлга тушди
Jizzax viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.K 1200 AQSH dollari va 4 mln. soʻm pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muxofaza qiluvchi organlariga tayanib sangzor.uz xabar berdi.

Jizzax shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan “Dilorom-Shaxrizoda” MCHJning Paxtakor tumanidagi ”Shodlik” maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari boʻyicha 2018 yil fevral oyida viloyat nazorat taftish boshqarmasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruv natijasida, aniqlangan 36 mln. soʻmlik kamomadni yopib berish evaziga Jizzax viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.K, firma rahbari X.Xdan 1200 AQSH dollari va 4 mln. soʻm pullarni pora sifatida olgan. Bundan tashqari, Sh.K oʻz hovlisida hammom quraman deb, X.Xdan 1000 dona shlakoblok, 1 tonna sement va 12 dona shifer olgan.

Ammo viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.K, "Dilorom-Shaxrizoda” MCHJning kamomadini yopa olmagach olgan pullarini bir qismi 1,5 mln. soʻmni moliya boshqarmasi arxivariusi E.G orqali X.Xga 2018 yil sentyabr oyi boshida qaytarayotgan vaqtida viloyat DXX boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Hozirda, Sh.Kga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishni eplay olmagan “KRU” boshligʻi oʻrinbosari porani qaytarayotganda qoʻlga tushdi