06:30 / 05.10.2018
6 823

Bozorlarimizdagi narx-navo: Goʻsht narxi 28 000 soʻmdan 41 000 soʻmgacha...

Bozorlarimizdagi narx-navo: Goʻsht narxi 28 000 soʻmdan 41 000 soʻmgacha...
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjalik) mahsulotlarning oʻtgan haftadagi narxlarini eʼlon qildi.

Mol goʻshti — 28 000 soʻmdan 41 000 soʻmgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 28 ming soʻmdan 41 ming soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida: 1 kg. mol goʻshti 28000 – 41000 soʻm.

Respublikada 1 kg. mol goʻshti 30000 soʻmdan 41000 soʻmgacha sotilmoqda.

Qoʻy goʻshti — 28 000 soʻmdan 43 000 soʻmgacha

Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 1 kg. qoʻy goʻshti 40000 soʻmdan 43000 soʻm.

Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qoʻyliq”, “Mirobod”, “Chorsu”, “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qoʻy goʻshti narxi 28000 – 39000 soʻm.

Tovuq goʻshti — 12 000 soʻmdan 20 000 soʻmgacha

Oʻtgan haftada mamlakatimiz bozorlarida tovuq goʻshtining biroz qimmatlashishi kuzatilgan.

Ayni paytda eng arzon tovuq goʻshti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida sotilmoqda: uning narxi 13000 – 16000 soʻm.

Eng qimmat narx Fargʻona markaziy dehqon bozorida – 17000 – 20000 soʻm. Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq goʻshti oʻrtacha 16000 soʻmdan sotilyapti.

Guruch — 4 200 soʻmdan 13 000 soʻmgacha

Guruchning eng qimmat narxi Fargʻona markaziy dehqon bozorida: 5000 – 13000 soʻmdan sotilmoqda.

Eng arzon narx Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozorida – 4000 – 10500 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi — 8 000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000-10500 soʻm.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 11000-12000 soʻm.

Un — 1 500 soʻmdan 4 500 soʻmgacha

Unning eng arzon narxi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 1500 soʻmdan 2000 soʻmgacha.

Eng qimmati Samarqand shahri “Siyob”bozorida – 4500 – 4000 soʻm.

Shakar — 4 100 soʻmdan 5 500 soʻmgacha

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 5000-5500 soʻm.

Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida – 4100 – 4750 soʻm.

Tuxum — 300 soʻmdan 600 soʻmgacha

Ushbu mahsulotning eng arzon, ham eng qimmat narxini Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da uchratish mumkin – 300-600 soʻm.

Kartoshka — 1 300 soʻmdan 2 500 soʻmgacha

Kartoshka mamlakatimiz bozorlarida oʻrtacha 1500 – 2000 soʻmdan sotilmoqda.

Jumladan, “Qoʻyliq” dehqon bozori (Toshkent shahri)da ushbu mahsulot 1300 soʻmdan 2500 soʻmgacha sotilyapti.

Pomidor — 2 500 soʻmdan 9 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2500 – 4000 soʻm.

Eng qimmati Yunusobod dehqon bozorida – 3000 – 9000 soʻm.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlarimizdagi narx-navo: Goʻsht narxi 28 000 soʻmdan 41 000 soʻmgacha...