Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi kanalida yozilishicha, qaror bilan quyidagi davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:
- Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha;
- Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha.
Maʼmuriy reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar quyidagi maʼlumotlarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar:
- muqaddam sudlanganligi;
- jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
- reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma;
- manzil-maʼlumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi).
Mazkur xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish esa quyidagi bosqichlardan iborat:
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»