15:57 / 06.10.2018
4 900

Toshkentda tungi poygachilar guruhi qoʻlga olindi

Toshkentda tungi poygachilar guruhi qoʻlga olindi
Toshkent SHIIBB Sergeli tumanida tungi vaqtda poyga oʻtkazish bilan shugʻullangan haydovchilarning shaxsini aniqladi, deb xabar berdi Kun.uz.

“Poytaxtning boshqa tumanlarida yashovchi bu shaxslar (uchtasi Shayxontohur va bittasi Uchtepa tumanida istiqomat qiladi) bunday bemaʼni harakatlarini oʻzlari yashaydigan hududda emas, hech kim tanimaydi degan ishonchda boshqa tumanga kelib amalga oshirishgan”, – deyiladi xabarda.

Ammo fuqarolarning taqdim etgan videoyozuvlari asosida Toshkent SHIIBB YHXB xodimlari tungi “ermak”da ishtirok etganlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq boʻldi.

“Spark” avtomobili haydovchisi 23 yoshli Abduvohid Sh. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 129-moddasiga muvofiq (Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi) eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

“Matiz” haydovchisi 20 yoshli Islomjon N. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 129-moddasiga muvofiq (Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni oʻrnatish qoidalarini buzish) eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida jarima toʻlaydigan boʻldi.

“Neksiya” avtomobili haydovchisi 30 yoshli Sultonmurod Sh. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 135-moddasida koʻzda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun (Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

“Lasetti» haydovchisi 24 yoshli Qudrat V. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 129-moddasiga muvofiq (Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi) eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida jarima toʻlaydigan boʻldi.

Bundan tashqari, ularning barchasi maʼmuriy ishlar boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 183-moddasida koʻzda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etishda aybdor deb topildi (Mayda bezorilik) va ularga 3 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tungi poygachilar guruhi qoʻlga olindi