15:06 / 08.10.2018
5 092

“Doʻrmon”da “Neksiya” va “Kaptiva” toʻqnashdi

“Doʻrmon”da “Neksiya” va “Kaptiva” toʻqnashdi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Maʼlum boʻlishicha, shu yil 5 oktyabr kuni fuqaro M.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Doʻrmon” MFYda haydab ketayotib, shu yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi K.S. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, toʻqnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi yoʻlovchisi, Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Doʻrmon”da “Neksiya” va “Kaptiva” toʻqnashdi