06:57 / 09.10.2018
4 388

Xorazmda valyutafurush firibgarlar ushlandi

Xorazmda valyutafurush firibgarlar ushlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yana bir iqtisodiy jinoyatga chek qoʻyildi.

Urganch shahrida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqarolar Sabirov, Xusanov, Otaxonov va Sobirov (familiyalar oʻzgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelayotgani fosh qilindi. Ushbu fuqarolar bir guruh boʻlib fuqaro Abdalyazovaga plastik kartochkadan 5 foiz ustama bilan 116 million 550 ming soʻm pullarni yechib olib, naqd shaklda 111 million soʻm pullarni bergan.

Shu pullar evaziga har bir AQSH dollarini 8350 soʻmdan hisoblab, jami 14 ming AQSH dollarini sotishga kelishib, Urganch shahridagi “TAYGA INVEST” MCHJ savdo shoxobchasida 14 ming AQSH dollarini sotayotgan vaqtda departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Tadbir davomida “TAYGA INVEST” MCHJ raxbari Sabirov yogʻoch mahsulotlari bilan savdo qilish niqobi ostida fuqarolardan olingan naqd pullarni hisob-raqamiga savdo tushumi sifatida kirim qilib, evaziga AQSH dollarini berib, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shugʻullanib kelgani ham maʼlum boʻldi.

Tadbir yakunida, huquqbuzardan 14.000 AQSH dollari va 111 million soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ushbu huquqbuzarlarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda valyutafurush firibgarlar ushlandi