21:15 / 09.10.2018
4 210

“Damas” qizil chiroqda toʻxtamay, poyezd bilan toʻqnashdi

“Damas” qizil chiroqda toʻxtamay, poyezd bilan toʻqnashdi
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan maʼlumotga asosan, 8 oktyabr kuni soat 09:30larda Pop tumani “Uygʻur” qishlogʻi hududida joylashgan qoʻriqlanadigan temir yoʻl kesishmasida “Damas” avtomashinasining yuk poyezdi bilan toʻqnashuvi roʻy bergan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomashina svetoforning qizil chirogʻiga toʻxtamay, “Qoʻshminor-Pop-2” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan 3008-sonli yuk poyezdi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomashinasida boʻlgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Damas” qizil chiroqda toʻxtamay, poyezd bilan toʻqnashdi