10:11 / 10.10.2018
5 808

Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi

Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida soxta Majburiy ijro byurosi xodimi qoʻlga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi inspektori Jamoliddin Odilov maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, Yaypan shahrida yashovchi A.A. Majburiy ijro byurosi davlat inspektori uchun maxsus belgilangan xizmat kiyimini tiktirib oladi. U bu kiyimda shaharning Bodomzor koʻchasida yashovchi S.T. ning xonadoniga keladi. Oʻzini Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston tuman boʻlimi xodimi, deb tanishtiradi. Gap orasida “Elektron onlayn” savdolari orqali unga arzon narxda televizor va kir yuvish mashinasi olib berishini aytadi. Shunday qilib, soxta xodim S.T.ning 831 000 ming soʻm naqd pulini olib, voqea joyini tark etadi.

S.T. ning arizasi asosida toʻplangan hujjatlar yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan A.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Yarashuv toʻgʻrisidagi qaror bilan jinoyat ishi sudga taqdim qilindi.

Tergov jarayonida A.A.dan Majburiy ijro byurosi yozuvlari boʻlgan bir nechta xizmat kiyimi sifatida tikilgan ust-boshlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi