12:36 / 10.10.2018
4 729

“Alimentlarni oldindan toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi

"Алиментларни олдиндан тўлаш тартиби тўғрисида"ги низом тасдиқланди
Hukumat qarori bilan Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek, aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq, davlat ijrochisi ish yurituvida boʻlgan ijro hujjati boʻyicha qarzdor tomonidan undiruvchiga alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga koʻchmas yoki koʻchar mulk yoxud boshqa qimmatli ashyo taqdim etilishi mumkin.

Alimentlar summasini oldindan toʻlash yoki alimentlar toʻlash majburiyati boʻyicha garov tuzish faqat qarzdorning aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmaganda amalga oshiriladi.

Aliment toʻlash boʻyicha garov shartnomasining tuzilishi aliment toʻlovchi shaxsga belgilangan Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash uchun asos hisoblanadi.

Alimentlarni oldindan toʻlash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun amalga oshiriladi.

Buning uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga ariza bilan murojaat etiladi.

Arizaga Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan berilgan aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, shuningdek, davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qarori ilova qilinadi.

Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasi esa tegishli formula boʻyicha hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan alimentlarni toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash tartibi belgilanib, unga koʻra har qanday mol-mulk garov predmeti boʻlishi mumkin ekani belgilandi.

Bunda garov qiymati eng kam oylik ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi kerak.

Aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Alimentlarni oldindan toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi