17:39 / 10.10.2018
6 304

Islom Karimovning oʻgʻli maosh toʻlamaganligi sababli ish beruvchini sudga berdi

Islom Karimovning oʻgʻli maosh toʻlamaganligi sababli ish beruvchini sudga berdi
Oʻzbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning oʻgʻli - Pyotr - Moskva shahrining Tver sudiga ish beruvchidan oʻziga belgilangan pul mablagʻlarini undirib berishni soʻrab murojaat qildi.

“Izvestiya” maʼlumotlariga koʻra, u “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida bir necha yil davomida yuqori lavozimda ishlagan, biroq otasining oʻlimidan biroz vaqt oʻtgach, oʻz oʻrnini yoʻqotgan. Bunday holatlarda berilishi moʻljallangan pul mablagʻlari unga toʻlanmagan.

Endilikda sud orqali kichik Karimov oʻziga belgilangan pulni olishga harakat qilmoqda. Uning arizasida daʼvosi quyidagicha ifodalanadi: “toʻlanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat boʻyicha nizolar”. Bu borada boshqa hech qanday tafsilot ochiqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning oʻgʻli maosh toʻlamaganligi sababli ish beruvchini sudga berdi