18:33 / 11.10.2018
4 317

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Pyotr Karimovning daʼvo arizasiga izoh berdi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Pyotr Karimovning daʼvo arizasiga izoh berdi
Islom Karimovning oʻgʻli Pyotr “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Moskva shahridagi filialida 13 yil davomida ishlagan. U boʻshagandan soʻng aviakompaniyani belgilangan maosh puli toʻlanmaganlikda aybladi, deb xabar bermoqda “Sputnik”.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan Pyotr Karimovga boʻshagandan soʻng unga hisob-kitob qilinishi va hujjatlarni olib ketishi haqida ogohlantirish xati yuborilgan. Bu haqda aviakompaniyaning matbuot kotibi Zumrad Shojalilova maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning oʻgʻli Pyotr Karimov “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ga nisbatan daʼvo arizasi bilan Moskvaning Tver sudiga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Daʼvo arizasi “toʻlanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat boʻyicha nizolar” mazmunida topshirilgan. Sud yigʻilishi 24 oktyabrga tayinlangan.

Pyotr Karimov 2004 yildan 2017 yil aprel oyigacha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Moskva filiali bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.

“Karimov Mehnat kodeksiga asosan oʻz xohishiga koʻra boʻshagan. Biz buyruqlarni koʻtardik va bu fakt tasdigʻini topdik”, — degan aviakompaniyaning matbuot kotibi.

Pyotr Karimov 1969 yilda tugʻilgan. OAV maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Pyotr Karimovning daʼvo arizasiga izoh berdi