19:26 / 11.10.2018
5 528

Toshkent metropolitenida nima sodir boʻldi?

Toshkent metropolitenida nima sodir boʻldi?
Bugun, 11 oktyabr kuni soat taxminan 15.00 larda Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yoʻnalishida yoʻlovchilar toʻplanib qolgan.

“Darakchi plyus” gazetasining muxbiri ushbu holatni shunday izohladi:

“Paxtakor” metro bekatida juda koʻp odam toʻplanib qolgan edi. “Olmazor” bekatiga ketuvchi yoʻlda boʻsh poyezd turgan edi, lekin vagonlarning eshigi yopiq edi. Birozdan keyin ushbu poyezd harakatlanib, boshqa poyezd keldi. Yoʻlovchilar boʻsh vagonlarga kira boshladilar. Lekin shunda ham poyezd harakatlanmadi. Shunda stansiya navbatchisi, bu poyezd yurmasligini, boshqa poyezdni kutib turishni aytdi.

Shu paytda qarama-qarshi yoʻnalishda ham poyezd boʻsh vagonlari bilan keldi. Besh daqiqadan keyin ushbu poyezd vagonlaridagi eshiklar ochildi. Vagonlar toʻldi".

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida “Toshkent metropoliteni” UK korxonasiga qoʻngʻiroq qildik. Lekin goʻshakni hech kim koʻtarmadi.

Umid qilamiz, mutasaddilar bunga izoh berishadi.

Yuqoridagi suratda: “Paxtakor” metro bekatida poyezd yurgandan keyin.

Pastdagi rasm: “Mustakillik maydoni” metro bekati, odatda bu yerda odam koʻp boʻlmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metropolitenida nima sodir boʻldi?