21:43 / 11.10.2018
4 026

Namanganda ziyofat bahonasida bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Namanganda ziyofat bahonasida bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 3 oktyabr kuni fuqaro A.N. 6 tonna rangli metallarni noqonuniy aylanmasi bilan shugʻullanganligi sababli uning noqonuniy harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etiladi.

Bunday vaziyatda A.N.ni ogʻir vaziyatdan qutqarib qolish, unga nisbatan toʻplangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida T.I. ismli shaxs bojxona xodimiga pora taklif qilgan. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

U oʻzining qingʻir rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini Namangan shahridagi “Zohidabonu” oshxonasiga taklif etadi.

T.I. ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSH dollari miqdorida pora berayotgan chogʻda bojxona organlarining masʼul xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ziyofat bahonasida bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi