07:30 / 12.10.2018
3 797

Belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlaganlar jarimaga tortiladi

Belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlaganlar jarimaga tortiladi
Foto: “Otyrar.kz”

Belgilanmagan joylarga chiqindilarni chiqarib tashlash, toʻkish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2018 yilning 1 iyun xolatiga 13,1 mingdan ortiq (2017 yilda - 6,3 ming) ruxsat etilmagan noqonuniy chiqindixonalar tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan 2018 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-495-son qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi modda kiritildi.

Unga koʻra belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish — fuqarolarga 92 150 soʻmdan 552 900 soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa 552 900 soʻmdan 921 500 soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

Agar ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin ham takrorlansa — fuqarolarga 552 900 soʻmdan 921 500 soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa — 921 500 soʻmdan 1 mln 843 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur qonun 2019 yil 11 yanvardan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlaganlar jarimaga tortiladi