14:04 / 12.10.2018
6 863

“Qonundagi oʻgʻri”lar oʻzbekistonlik tadbirkordan qarzini toʻlab qoʻyishni talab qilishdi…

“Qonundagi oʻgʻri”lar oʻzbekistonlik tadbirkordan qarzini toʻlab qoʻyishni talab qilishdi…
Yaqinda Turkiyaning Istambul shahrida boʻlib oʻtgan “qonundagi oʻgʻri”lar “yigʻin”ida oʻzbekistonlik tadbirkorning oʻgʻrilar gʻaznasidan 10 million dollar qarzi borligini aytib, agar talab ijro etilmasa, jazoga tortilishini bayon qilishdi.

Yigʻinda Kavkaz va Oʻrta Osiyo jinoyat olamining “avtoritet”lari ishtirok etdi. Yigʻinga “Lotu Guli” laqabi bilan mashhur ozarbayjonlik oʻgʻriboshi Nodir Salifov “rais”lik qildi.

“Lotu Guli” 22 yil turmada jazo muddatini oʻtab, 2017 yili ozodlikka chiqqandi. Bugungi kunda sobiq ittifoq davlatlari oʻgʻriboshiligiga daʼvo qilmoqda. Uni oʻgʻrilarning bir qismi qoʻllab-quvvatlamoqda.

Xuddi shular ozarbayjonlik oʻgʻriboshi bilan birga oʻzbekistonlik tadbirkor 2010 yili “obщak”dan qarz olganini aytishdi. Qarzni esa Guli bergan ekan. Qarz 2018 yil oxiriga qadar qaytarilishi lozim. Aks holda Guli tadbirkor shafqatsiz jazolanishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Lekin shu yil 8 oktyabrida Guli Turkiya politsiyachilari tarafidan yana qoʻlga olindi. Mahalliy nashrlardan birida yozishlaricha, u birovning hayotiga suiqasd uyushtirganlik, narkotiklar kontrabandasi, firibgarlikda ayblandi. Oʻgʻriboshi Istambuldagi politsiya mahkamasiga olib ketilgan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qonundagi oʻgʻri”lar oʻzbekistonlik tadbirkordan qarzini toʻlab qoʻyishni talab qilishdi…