14:30 / 12.10.2018
7 911

Samarqandda mudhish YTH: haydovchi 3 ta qizni urib yuborgan (video +18)

Samarqandda mudhish YTH: haydovchi 3 ta qizni urib yuborgan (video +18)
9 oktyabr kuni soat 22:30da Samarqand shahar “Registon” mahallasi Registon koʻchasida joylashgan “Moʻjiza” bazmgohi qarshisidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida mudhish YTH sodir boʻldi, deb xabar bermoqda Samarqand IIB.

Qayd etilishicha, I.K familiya ismli haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan yoʻlni kesib oʻtayotgan Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi piyodalar: 08.10.1996 yilda tugʻilgan I.U., 26.07.1996 yilda tugʻilgan O.U., va 16.07.1994 yilda tugʻilgan X.U.ni urib yuborgan.

Natijada piyodalar tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.

Hozirda jabrlanuvchilar I.U. va X.U. ahvoli oʻrtacha darajada, jabrlanuvchi O.U. esa ogʻir ahvolda shifoxonada yotib davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda guvohlar tomonidan voqea joyidan olingan VIDЕO joylashtirildi (+18).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda mudhish YTH: haydovchi 3 ta qizni urib yuborgan (video +18)