IIV “Lasetti” uch qizni urib ketgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

  • 12-10-2018, 16:20
  • 912
  • Jamiyat
  • IIV “Lasetti” uch qizni urib ketgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi
    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi uch qizni urib yuborgani haqidagi videolavha tarqaldi.

    Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, shu yilning 9 oktyabr kuni soat 21.30da Samarqand shahar Registon koʻchasida joylashgan “Moʻjiza” bazmgohi qarshisidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida haydovchi Q.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi Panjakent koʻchasi tomondan Dahbed koʻchasi tomonga boshqarib borayotib, avtomashina yoʻnalishi bilan yoʻlning chap tomonidan oʻng tomoniga piyodalar yoʻlagidan yoʻlni kesib oʻtayotgan uch qizni urib yuborgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, yoʻl-transport hodisasida Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilib oʻsgan, Samarqand Davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabalari 1994 yilda tugʻilgan U.X., 1996 yilda tugʻilgan U.I., 1996 yilda tugʻilgan U.O. turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar.

    Qayd etilishicha, hozirda ularning salomatliklarni tiklash yuzasidan tibbiy muolajalar amalga oshirilmoqda.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    » » IIV “Lasetti” uch qizni urib ketgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi